18:06 / 07.10.2016
6053

Tarmoq foydalanuvchilari iPhone 7 faollashtirilishi bilan bog‘liq muammodan arz qilishmoqda

«Olma» texnikasi ishqibozlari iPhone 7 smartfonining faollashtirilishi bo‘yicha muammoga duch kelishmoqda. Muammo shundaki, ular sotib olgan smartfonlar begona Apple ID'ga biriktirilgan bo‘lib chiqmoqda. Bu haqida MacRumors portali xabar beradi.

Balders nikli foydalanuvchi so‘zlariga ko‘ra, Apple yangi flagmanini aktivlashtirishga bog‘liq muammo u xarid qilish bilanoq yuzaga kelgan. «Men bu telefonni avval kimdir ishlatgan deb o‘yladim, sababi mening iPhone qurilmam tushunarsiz Apple ID'ga ulangan edi. Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmati smartfonni almashtirish kerakligini aytishdi», — deydi u.

Bu muammoga faqat yangi smartfonlar duch kelmadi. MacRumors nashri xabarida aytilishicha, bu kabi tushunmovchiliklar oltinchi avlod devayslari bilan bir qatorda yanada eskiroq modellarda ham kuzatilmoqda.

Bundan aziyat chekkan ayrim foydalanuvchilarning xabar qilishicha, Apple xodimlari yordamida ular nihoyat yangi telefonlarni aktivlashtirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Begona Apple ID ko‘rsatkichi bilan iPhone 7 aktivlashtirishga oid qator muammolar xizmat ko‘rsatish markazlarida ta'mirlangandan so‘ng paydo bo‘gan.

Mavzuga oid
Top