12:24 / 07.10.2016
5459

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi

Foto: UzA

O‘zbekiston poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi. O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), qator vazirlik va tashkilotlar bilan  hamkorlikda to‘rtinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 135 sportchi o‘n to‘rt vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekiston” sport majmuasida 6 oktabr kuni nufuzli musobaqaning ochilish marosimi bo‘ldi. 

Musobaqaning dastlabki kunida Muhriddin Tilovov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Sharofiddin Lutfullayev uchinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasida Diyora Keldiyorova kumush, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeyeva, Guloyim Jumaboyeva bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

Mavzuga oid
Top