Ukrainalik MMA jangchisi Yemelyanenkoning yonini olib, chechenistonlikni jangga chorladi
Rossiya Aralash janglar san'ati (MMA) ittifoqi prezidenti, sobiq kurashchi Fyodor Yemelyanenko Grozniyda o‘tkazilgan Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida yosh bolalar ishtirokini tanqid qilganidan keyin ikki lager paydo bo‘ldi. Bugun ukrainalik aralash janglar ustasi Nikita Krilov Yemelyanenkoni bu nuqtai nazari uchun keskin tanqid qilgan chechenistonlik Abdul-Karim Edilovni jangga chorladi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasi orqali ma'lum qilgan.
«Men bilmayman, u yerlarda kim bolaligidanoq mushtlashib katta bo‘lgan. Ammo odam balog‘at yoshida kattalarga hurmat ko‘rsata olmasa, bu 10 000 marta yomon holat. Agar sen Fedorning so‘zlariga javoban uning janglaridagi eng yomon holatlarni ilova qilgan holda yozsang va kulsang, bu bolalikda tarbiya ko‘rmaganlikdan dalolatdir. Men va @abdul_kerim_edilov UFC jangchilarimiz va biz bu masalani sportchilar kabi, ya'ni haqiqiy erkaklar kabi hal qilib olishimiz mumkin. Menga o‘zim qattiq hurmat qiladigan insonni haqoratlab yozganing yoqmadi. Shuning uchun, sen bilan UFC ringida ko‘rishdan mamnun bo‘lardim. Kel, buni Yan va Magomedov kabi telefonda yoki biron ovloq o‘rmonda emas bahorgi UFC janglarida hal qilaylik. Shunda kim sport bilan shug‘ullanayotgani, kim Instagram bilan shug‘ullanayotgani ma'lum bo‘ladi», degan Nikita Krilov (@nikitakrylovufc).
Bu mojarolar Checheniston rahbari Ramzam Qodirovning uch nafar o‘g‘li ham Grand Prix Akhmat 2016 turnirida ko‘rgazmali jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozonganidan keyin yuzaga keldi.
Krilov UFC ringlarida 2013 yildan buyon janglarda ishtirok etib kelmoqda. U 25 jang o‘tkazib, 21 g‘alabaga erishgan va 4 marta mag‘lubiyat alamini totgan. Edilov UFC bilan 2015 yilda shartnoma tuzdi, lekin u shu vaqtgacha debyut qila olmadi. 2016 yilning fevralida Amerika antidoping agentligi (USADA) rossiyaliklarni taqiqlangan moddalar tufayli chetlatgandi. Edilov bu aralash janglar san'atida 20 jang o‘tkazib, 16 g‘alaba qayd etib, 4 bor mag‘lubiyatga uchragan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yangi yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston | 21:27
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
-
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi
Jahon | 21:14
-
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

08:29 / 09.04.2025
Adam Qodirovga «maxsus harbiy operatsiya»dagi hissasi uchun jangovar mukofot topshirildi

12:28 / 28.03.2025