10:51 / 07.10.2016
18232

O‘zbekiston chegarasini noqonuniy buzgan jinoyatchiga sud hukm o‘qidi 

Bundan 4 yil muqaddam O‘.Mardiyev qarindoshining ma'rakasiga borib kelish maqsadida belgilangan tartibni qasddan buzgan. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Mirzacho‘l tumanidagi “Yangi dala” QFY hududi bo‘ylab o‘tgan davlat chegarasidan Qozog‘iston Respublikasining Maxtaaral tumaniga o‘tadi. Shu kunning o‘zida xuddi shu yo‘l bilan davlat chegarasiga o‘rnatilgan chegara simlari orasidan o‘tib, O‘zbekiston Respublikasiga qonunga xilof ravishda kirib keladi. Lekin o‘sha paytda O‘.Mardiyev qonun himoyachilariga chap berishning uddasidan chiqqan edi.

Joriy yilning 9 mart kuni ertalab yana “safar”ga otlangan O‘.Mardiyev “Yangidala” QFY hududidan o‘tgan davlat chegarasi bo‘ylab o‘rnatilgan chegara simlari oldiga borib, takroran belgilangan tartibni buzgan holda qo‘shni davlat hududiga chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin bu safar chegarachilar tomonidan ushlandi.

O‘roz Mardiyev sud hukmiga asosan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsada, unga nisbatan JKning 72-moddasi qo‘llanildi. Shu bois tayinlangan jazo shartliga almashtirildi va unga 3 yil sinov muddati belgilandi.

Mavzuga oid
Top