16:03 / 08.10.2016
30128

Forish tumanida bosh cho‘pon 900ga yaqin qo‘yni o‘z ehtiyoji yo‘lida sotib yubordi

Illyustrativ surat. Foto: dasturxon.com

Yo‘ldosh Qarshiboyev 2009 yilning 24 sentabrida Forish tumanidagi “Bog‘don” shirkat xo‘jaligiga bosh cho‘pon vazifasiga ishga tayinlangan edi. Tekin boylik orttirish hamda mulkiy naf ko‘rishni asosiy maqsad deb bilgan Y.Qarshiboyev o‘ziga ishonib topshirilgan qo‘ylarni sota boshladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Shu tariqa 894 bosh mayda shoxli chorva mollari naqd pulga sotilib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilindi. Y.Qarshiboyev hisobot hujjatlariga soxta ma'lumotlar kiritish va shu yo‘l bilan sodir etilgan jinoyat ishlarini yashirish payiga tushdi. 

Vaqti kelib siri fosh bo‘lgan bosh cho‘pon talon-toroj qilingan 136 mln. 455 ming so‘mlik zararni to‘liq qoplashga majbur bo‘ldi. Shuningdek, u har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yarim yil davomida axloq tuzatish ishlari jazosini ijro etadi.

Top