11:36 / 08.10.2016
4822

Quvaytlik fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali AQSh sudiga chaqirilgan ilk kishi bo‘ldi

Foto: RIA

Quvayt diniy arbobi Hajjoj bin Faxd Al-Ajmiy, Tvitter orqali AQSh sudiga chaqirilgan dunyodagi birinchi kishi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda USNews.

Al-Ajmiy Yaqin Sharqdagi terrorchilarni moliyalashtirishda gumon qilinmoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Suriya va Iroqning terrorchilar harakatlaridan aziyat chekkan fuqarolari diniy arbobga nisbatan sudga ariza bilan murojaat qilishgan. 

Ta'kidlanishicha, Amerika sud'yasi Al-Ajmiyni oddiy usulda mahkama jarayoniga chaqirishga bir necha marotaba samarasiz uringanidan so‘ng, uning tvitterdan faol foydalanishini aniqlagan va chaqiruv maktubi ijtimoiy tarmoq orqali yuborilgan. 

Top