10:43 / 09.10.2016
7915

Afg‘onistonda harbiy vertolyot qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: twitter.com/@XHNews

Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyati hududida harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligiga asoslangan holda Assoshieyted Press xabar berdi.

Vazirlik vakili Davlat Vazirining ma'lum qilishicha, ekipajning 5 a'zosi hamda 3 askar qurbon bo‘lgan. Vazirining aytishicha, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘ldi.

O‘z navbatida "Tolibon" harakati vakili vertolyot tolibonlar tomonidan urib tushirilganini aytmoqda.

Top