Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh arab koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi
AQSh rahbariyati Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni Yamandagi aviazarbalardan keyin to‘g‘rilashga tayyor, deb aytdi AQSh milliy xavfsizligi kengashi rasmiy vakili Ned Prays. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
"Bu va yaqinda bo‘lgan boshqa voqealar tufayli biz Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani qo‘llab-quvvatlashimizni tez tahlil qilish tashabbusini bildirdik va bizning koalitsiyaga ko‘magimizni u AQSh tamoyillari va qadriyatlariga eng maqbul tarzda mos kelishi uchun to‘g‘rilashga tayyormiz", deb aytdi Prays.

U, shuningdek, koalitsiyani, Yaman hukumatini va mamlakat ichidagi bir-biriga qarshi kurashayotgan guruhlarni 10 apreldagi kelishuvlar asosida zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
AQShning bunday qarorga kelishiga arab koalitsiyasining Yaman poytaxti Sanoda o‘tayotgan dafn marosimiga hujum qilishi sabab bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 213 kishiga yetgan. yaralanganlar soni 500 kishidan oshib ketgan.



Suratlar: AP /Osamah Abdulrhman
Mavzuga oid
22:32 / 13.01.2026
AQSh Kongressiga Grenlandiyani qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
17:05 / 13.01.2026
AQShda Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauellga nisbatan tergov boshlandi
13:02 / 13.01.2026