08:09 / 09.10.2016
3556

AQShda "Makdonalds" restoranida odamlarni garovga olgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Foto: REUTERS

AQShning Leyklend politsiyasi "Makdonalds" restoranida odamlarni garovda ushlab turgan uch nafar avtomobil o‘g‘risini qo‘lga oldi. Avvalroq ular mahalliy "Makdonalds" restoraniga tashrif buyurganlar va uning xodimlarini garovda ushlab turganlari ma'lum qilingandi. Bu haqda Fox 13 News xabar bergandi. 

Biroq keyinroq AQSh OAV voqeaning ikkinchi versiyasini berdi: jinoyatchilar ehtimol hech kimni garovga olmay, shunchaki restoranda politsiyadan yashirinmoqchi bo‘lganlar.

Aslida nima yuz berganini hali aniqlashtirishga to‘g‘ri keladi. 

Eslatib o‘tamiz, voqea avtomobil o‘g‘irlanishi va o‘g‘irlangan avtomobilni politsiya taqib qilishidan boshlangan. Fox 13 News telekanalining xabar berishicha, qurollangan jinoyatchilar taqib vaqtida o‘g‘irlaggan avtomobilni "Makdonalds" oldida qoldirib, qurol bilan restoran ichiga yashirinib olganlar.    

Restorandagi aksariyat odamlar qurollangan odamlarni ko‘rgach, uni tezda tark etishga ulgurishgan. Biroq bir qism odamlar, jumladan restoran xodimlari bino ichida qolib ketishgan.

 

Mavzuga oid
Top