15:07 / 09.10.2016
5720

AQShda «Mettyu» dovuli tufayli halok bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil qilmoqda

Foto: AFP

AQShda «Mettyu» dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Tabiiy ofat tufayli 2 milliondan ortiq kishi tahdid ostida qolgan.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 10 nafar ekani aytilgandi.

ABC News telekanalida xabar qilinishicha, Florida shtati hukumati yana 2 kishining o‘limini tasdiqladi. Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlarida ham bir nafardan kishi dovul qurboniga aylangan.

Shuningdek, Janubiy Karolinada 670 716, Shimoliy Karolinada — 768 856, Floridada esa 561 862 bino elektr ta'minotidan uzilib qolgan.

Bundan oldingi xabarlarda o‘tgan haftada Gaitiga yopirilgan «Mettyu» dovuli 900dan ortiq kishini yostig‘ini quritgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top