09:04 / 09.10.2016
4833

Nyu-York yaqinida poyezd relslardan chiqib ketdi

Foto: Twitter.com/ BNO News

8 oktabr kechki payt Nyu-York shtatining janubida joylashgan Garden-Siti shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdi relslardan chiqib ketdi. Bu haqda mahalliy temir yo‘l boshqarmasi xabar berdi. Oqibatda 4 yo‘lovchi jarohat olgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.   

Biroq OAV baholashicha, jarohatlanganlar soni ko‘proq – 50 nafardan 100 nafargacha bo‘lishi mumkin.

Avariya Nyu-York shahridan 30 km uzoqlikda yuz bergan. Poyezdlar harakati ikki yo‘nalish bo‘yicha ham to‘xtatilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdi izlarda turgan ishchi poyezdga urilgan. Bu vaqtda xizmat poyezdi harakatlangani yoki yo‘qligi ma'lum qilinmagan.

 

Mavzuga oid
Top