12:24 / 09.10.2016
5487

Pan Gi Mun Sanodagi fojia tafsilotlarini tekshirishga chaqirdi

Foto: bbc.com

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Yaman poytaxti Sano shahrida dafn marosimi bombardimon qilinganini qoralab chiqdi va bu hodisa bo‘yicha jiddiy tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.

«Bosh kotib Sanodagi dafn marosimiga yig‘ilgan yuzlab kishilar ustiga qilingan hujumni qattiq qoralaydi. Dastlabki ma'lumotlarda 140 nafardan ortiq kishinining o‘limiga va yuzlab kishilarning jarohat olishiga sabab bo‘lgan ushbu hodisada arab koalitsiyasi ayblanmoqda», — deya BMT matbuot xizmatidagi bayonotdan iqtibos keltirilgan RIA Novosti axborot agentligi xabarida.

8 oktabr kuni Sanoda mamlakat ichki ishlar vaziri otasining dafn marosimi bo‘lib o‘tgan. Hujum oqibatida halok bo‘lganlar orasida ko‘plab mansabdorlar, jumladan, poytaxt hokimi Abdulqodir Hilol borligi bildirilmoqda.

Koalitsiya tomoni bu hujumga aloqadorligini rad qildi.

Oq uy Yamandagi ziddiyat tomonlarini harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi va arab koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlash masalasi qayta ko‘rib chiqiilishi mumkinligini bildirdi.

Mavzuga oid
Top