10:12 / 10.10.2016
16670

10 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

9 oktabr tuni va 10 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Ukraina MDH tarkibidan chiqish masalasini o‘rganmoqda

Kiyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi a'zoligini to‘xtatish masalasi ustida ishlamoqda, deb aytdi Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin "112 Ukraina" telekanali efirida.

Batafsil.

DXR razvedkasi Donbassga amerikalik snayperlar kelganini ma'lum qildi

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi razvedkasi kuchlarning to‘qnashish chizig‘ida 6 ta ukrain minomyoti o‘rnatilgani va Donbassga AQShlik snayperlar kelganini qayd qildi.

Batafsil.

Belgiyalik fermer dunyodagi eng katta qovoqni yetishtirdi

Belgiyalik fermer Mattias Villemayns og‘irligi 1190 kg keladigan qovoq yetishtirdi. Fermer ulkan sabzavotni Germaniyaning Lyudvigsburg shahrida bo‘lib o‘tgan qovoqlar og‘irligini o‘lchash bo‘yicha Yevropa chempionatiga olib keldi.

Batafsil.

Hindistonlik o‘smirning 20 sm lik dumi olib tashlandi

Hindistonning Nagpur shahridan bo‘lgan 18 yoshli o‘smir umurtqasining quyi qismidan o‘sib chiqqan 20 sm lik dumini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani boshdan o‘tkazdi.

Batafsil.

Amerikalik "Mettyu" bo‘roni vaqtida okeanda dam oldi

Richard Nil sohilbo‘yi qo‘riqlash stansiyasining sobiq vertolyot maydonchasini "Mettyu" bo‘roni vaqtida okeanda dam olish uchun sotib oldi.

Batafsil.

Stiven Spilberg va Xitoy magnati Jyek Ma superkinostudiyaga asos solishdi

Rejissyor Stiven Spilbergning Amblin studiyasi va xitoylik milliarder Jyek Maning Alibaba Pictures kinokompaniyasi strategik hamkorlik haqida bitim imzolashdi.

Batafsil.

Muharram oyi va Ashuro kunining fazilatlari

Hijriy yilimizni boshlab beruvchi muharram oyining nomi lug‘atda «hurmatlanuvchi», «ulug‘lanuvchi» degan ma'nolarni anglatadi. Bu oy hijriy sananing boshi, bu oyda urushlar harom, o‘ninchi kuni Ashuro kuni bo‘lgani uchun muhtaramdir, muharramdir.

Batafsil.

Ukraina, Xorvatiyadan g‘alaba va qolgan natijalar

Andrey Shevchenko ustozligidagi Ukraina terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining 3-turida Kosovoga qarshi to‘p surdi.

Batafsil.

Gaitida "Mettyu" bo‘roni qurbonlari soni minggacha yetdi

Gaitida "Mettyu" bo‘roni qurbonlari soni minggacha yetdi.

Batafsil.

Rossiya Ermatov hakamlik qilgan uchrashuvda Kosta-Rikaga oxirgi daqiqalarda qo‘yilgan penalti tufayli yutqazdi

Stanislav Cherchesov bosh murabbiyligidagi Rossiya terma jamoasi Krasnodardagi «FK Krasnodar» stadionida Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Batafsil.

Sanjar Rahmonov professional ringdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

8 oktabr kuni Las-Vegasda (AQSh) Sin City Showdown boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov ham ringga ko‘tarildi.

Batafsil.

Top