08:40 / 10.10.2016
14203

Belgiyalik fermer dunyodagi eng katta qovoqni yetishtirdi

Foto: tvzvezda.ru

Belgiyalik fermer Mattias Villemayns og‘irligi 1190 kg keladigan qovoq yetishtirdi. Fermer ulkan sabzavotni Germaniyaning Lyudvigsburg shahrida bo‘lib o‘tgan qovoqlar og‘irligini o‘lchash bo‘yicha Yevropa chempionatiga olib keldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Qovoq avvalgi rekordchini ortda qoldirib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Avvalgi rekord shveysariyalik Beni Mayyer tomonidan 2014 yilda o‘rnatilgandi, u yetishtirgan qovoqning og‘irligi 1054 kg tosh bosgan.

"Men o‘zimni ajoyib his qilmoqdaman. Men u bunchalik og‘ir chiqadi deb o‘ylamagandim. Bu ajoyib!", deb aytdi fermer g‘alabadan keyin.

Har yilgi qovoqlarni o‘lchash musobaqasida 20 dan ko‘proq davlatdan o‘nlab fermerlar ishtirok etadi.

Top