12:09 / 10.10.2016
7079

Enner Valensiya rafiqasiga nega aliment to‘lamayotganini oshkor qildi

Foto: twitter.com/@20Minutes

«Everton» jamoasining ekvadorlik hujumchisi Enner Valensiya o‘zining 5 yoshli qizi uchun aliment to‘lamayotgani yuzasidan boshlangan mojarolarga munosabatini bildirib o‘tdi.

«O‘tgan yili men o‘z qizimga homiylik qilish yuzasidan sudga murojaat qildim. Men uni o‘zim bilan Angliyaga olib kelmoqchi edim, u men bilan shu yerda yashashi va yaxshi ta'lim olishini istadim.

Dekabrda sud menga otalik huquqini taqdim etdi va har oyda uning uchun rafiqamga aliment to‘lab borishim zarurligi haqida hukm chiqardi. Sudning bu qarori esa mening qizim onasi tomonidan doimiy ravishda jismoniy va ruhiy qiynoqlarga duchor bo‘lishini anglatardi.

Bundan tashqari, sobiq rafiqam men to‘lagan pullarni mashina va qimmatbaho buyumlar xarid qilish, sayohatlarga chiqish uchun sarflashi aniq», — deya yozgan Valensiya o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi terma jamoasi o‘yinlarida ishtirok etish uchun vataniga kelganida uni huquq tartibot organlari ta'qib qilishdi.

Bir vaziyatda u maydonda simulyatsiya ishlatib, shifokorlar yordamida ta'qibdan qutulishiga to‘g‘ri keldi.

Unga 17 ming dollar miqdoridagi alimentni to‘lamaslik aybi qo‘yilmoqda. Bu xabarlardan keyin ko‘pchilikda yillik maoshi miqdori 2,1 mln yevro bo‘lgan futbolchi bu arzimas miqdordagi mablag‘ni to‘lashdan nega qochayotgani borasida savollar paydo bo‘lgandi.

Top