20:02 / 10.10.2016
23343

Xitoyda 114 yoshli ayol 71 yoshli erkakka turmushga chiqdi

Xitoyda 114 yoshli ayol  71 yashar erkakning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 10 oktabr kuni Sina portali xabar bermoqda.

Marosim Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Qashg‘ar okrugida joylashgan Bachu uyezdida o‘tkazildi.

Kuyovning aytishicha, u o‘z sevgilisiga yetishish uchun bir yildan ko‘p harakat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular qariyalar uyida tanishishgan. Erkakning aytishicha, unga bo‘lajak rafiqasining mazali taomlar tayyorlashi yoqqan. Keyinroq esa, ayolga “yaxshi inson sifatida yoqishini” tushungan.

Portalning xabar berishicha, ayol erkakni bir necha bor rad etgan, ammo unga g‘amxo‘rlik qilishda bardavom bo‘lgan. Yakunda u to‘yga rozilik bildirgan va ular nikohlarini rasmiylashtirishgan.

 

Mavzuga oid
Top