18:13 / 10.10.2016
9360

Xitoyda qotillik qilgan 14 yashar bolaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Foto: © RIA Novosti

Xitoy hukumati politsiya kollejida tahsil olayotgan 14 yashar bolaga sinfdoshini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosi tayinladi. "Jenmin jibao" gazetasi xabar berganidek, voyaga yetmagan bolaga nisbatan bunday jazo qo‘llash, mamlakatda kam uchraydigan holatdir.

Nashrning yozishicha, Xu Tsyan ismli bola 2013 yilning dekabr oyida sinfdoshini o‘ldiradi va 2014 yilning dekabrida 17 yillik qamoqqa hukm qilinadi. Avvalroq xuddi shu yilda jinoyatchi sovuq qurol bilan boshqa bir kishini yaralagan, sud hukmi o‘qilganida jabrdiydaning da'vosi hali qondirilmagan edi. Shu sabab prokuratura va jabrdiydaning yaqinlari avvalgi hukmdan norozi ekanliklarini bildirishdi.

Sud Xu Tsyanning ishini qayta ko‘rib chiqdi va avval joriy etilgan jazoni umrbod qamoq jazosi bilan almashtirdi. Bola “jamiyat uchun xavfli va oldingi xatti-harakatlarini yaxshi tomonga o‘zgartirmayotganlikda” ayblandi.

XXRda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqaro 16 yoshdan keyingina jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa faqat og‘ir jinoyatlar – qotillik, nomusga tegish va giyohvand moddalar bilan aloqador jinoyatlar qilishsagina jinoiy javobgarlikka tortilishadi. 14 yoshga to‘lmaganlar esa umuman jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
 

Top