11:22 / 10.10.2016
6481

Ibrahimovich o‘zining sobiq jamoalariga «yangi Zlatan»ni sotib olishni tavsiya qildi

«Manchester Yunayted» hujumchisi  Zlatan Ibrahimovich agent rolida. U AIK jamoasi hujumchisi Aleksandr Isakka yangi jamoa topib bermoqchi.

Shvetsiyalik futbolchi «yangi Ibrahimovich» deya atalayotgan bu vatandoshini o‘zining sobiq jamoalariga tavsiya etgan.

Tuttosport nashri ma'lumotiga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi «PSJ» va «Yuventus»ga 17 yoshli Aleksandrni sotib olishni tavsiya qilgan.

Isak joriy mavsumdagi 20 uchrashuvda 7 gol urgan.

Mavzuga oid
Top