Samsung Electronics vaqtinchalik Galaxy Note 7 smartfonini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqida kompaniyaning yetkazib berish xizmati xodimlaridan biri xabar berdi.
«Bu chora-tadbirlar xalqaro yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Vetnamdagi zavodda joriy etiladi», — deyiladi manbada.
Sentyabr boshida Samsung qurilma akkumulyatorining yonib ketishi haqidagi xabardan so‘ng vaqtinchalik Galaxy Note 7 sotuvini to‘xtatdi.
1 oktabr kuni kompaniya Janubiy Koreyada smartfonlar sotuvini qayta yangilagani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.







