22:35 / 10.10.2016
16813

Samsung Galaxy C9: texnik xususiyatlari bilan tanishing

Yangi Samsung Galaxy C9 smartfonining xususiyatlari hind bojxona sayti Zauba'da paydo bo‘ldi. Qurilma mustahkam «temir» va  kengaytirilgan quvvatga ega akkumulyator bilan ta'minlanadi. 

C9 o‘z toifasi bo‘yicha eng yetakchilardan biriga aylanadi va to‘rt versiyada ishlab chiqariladi, biroq ularning farqi haqida batafsil ma'lumot yo‘q. Samsung Galaxy C9 to‘rt xil rang – kumush, kulrang, tilla  va pushti tillaranglarda bo‘ladi.
Batareya sig‘imini Aloqa bo‘yicha federal komissiya (FCC) ham tasdiqladi.  Smartfon taxminan quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

Samsung Galaxy C9 xususiyatlari:

Chipset: Qualcomm Snapdragon 652

Operativ xotira: 6 GB

Doimiy xotira: 64 GB

Ekran: 6 dyuym, 1920x1080 nuqta

Asosiy kamera: 16 Mp

Old kamera: 16 Mp

Akkumulyator: 4000 mAch

Korpus: metall

Top