15:54 / 10.10.2016
4976

Saudiyaliklar yil oxirigacha neft barreli 60 dollar bo‘lishini taxmin qilishmoqda

Foto: Globallookpress.com

2016 yil oxiriga kelib neft narxi ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral zaxiralar vaziri Xolid Al-Falix  Istanbulda shunday fikrni bildirgan, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Oktyabr yoki shu yilning oxiriga kelib, bir barrel neft narxi 60 dollarga yetadi», — degan Saudiya vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya podshohligi Rossiyaning neft qazib olishni muvofiqlashtirish bo‘yicha muzokaralardagi o‘rnini e'tirof etgan. Bundan tashqari, Ozarboyjon va Braziliya ham muzokaralarda ishtirok etadi, degan vazir. 

Xususan, Brent neftining bir barreli London ICE birjasining 7 oktabr kungi savdosida 51,82 dollardan sotilgan. 
 

Top