09:34 / 10.10.2016
6923

Ukraina MDH tarkibidan chiqishi mumkin

Foto: rg.ru

Rasmiy Kiyev MDH tarkibidan chiqish masalasini muhokama etmoqda. Bu haqda, Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin bayonot berdi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Biz bu masalani o‘rganayapmiz. Bizlarda bir necha o‘nlab kelishuvlar bor, jumladan diplomlarni o‘zaro tan olish, nafaqalar to‘lash bo‘yicha. Va hozirda, ushbu kelishuvlarga oid ishlarni yakunlayapmiz», — der ekan, Klimkin o‘zining MDHdan chiqish tarafdori ekanini ta'kidlagan. 

Aytish joizki, Ukraina TIV rahbari o‘tgan yili MDH safini tark etmaslikni ma'qul ko‘rishini bildirgan edi. 

Top