11:14 / 11.10.2016
5675

Xitoy Afrika va Osiyo mamlakatlariga 600 mln dollar yordam taklif qildi

Foto: © Fotolia

Xitoy Afrika va Osiyoning portugal tilida so‘zlashuvchi mamlakatlariga 3 yil muddatga 4 mlrd yuanlik (600 mln AQSh dollariga yaqin) imtiyozli kredit va yordam taklif qildi. 

Sinxua agentligining xabar qilishicha, bu haqda XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Makao maxsus ma'muriy tumanida ma'lum qilgan. 

Xitoy hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Pekin ma'muriyati portugal tilli mamlakatlar bilan mustahkam savdo-iqtisodiy munosabatlarini barpo etish va qurish niyatida. Li Ketsyanning ta'kidlashicha, "Ipak yo‘li iqtisodiy hududi" dasturi mazkur mamlakatlar taraqqiyoti rejalariga mos keladi. 

Xitoy hukumati rahbariga ko‘ra, mamlakatning portugal tilli mamlakatlar bilan aloqalari tarixdagi eng yaxshi davrini boshidan kechirmoqda, 2015 yilda tomonlar o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb 100 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. 
 

Top