20:23 / 11.10.2016
9791

Shanxay aeroportida uchish vaqtida ikkita samolyot to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Foto: © AP

Shanxaydagi Xuntsyao xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish polosasida yo‘lovchi samolyoti boshqa bir yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi, deb xabar bermoqda Sina portali.

Ma'lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11.54da Shanxaydan Tyantszinga MU5643 reysini amalga oshirayotgan Airbus A320 samolyoti  aeroportning uchish-qo‘nish polosasiga chiqqach, parvozga ruxsat olgan. Samolyot tezlashayotganda polosaga Airbus A330 chiqib kela boshlagan.

MU5643 reysi sardori vaziyatni baholab, parvozni davom ettirishga qaror qilgan. U ikkinchi samolyot bilan xavfli yaqinlashishgacha samolyotni havoga ko‘tara olgan. Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan, reys esa muvaffaqiyatli bajarilgan.  

Ikkala samolyot ham China Eastern Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.

 

Top