14:30 / 11.10.2016
4596

TIVda YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2016 yilning 11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Missiyaga Saylovlar departamenti boshlig‘i Aleksandr Shlik boshchilik qilmoqda.

Suhbat chog‘ida 2016 yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan YeXHT DIIHB nomiga yo‘llangan taklifnoma doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top