Moliyaviy piramida bu işonuvçan fuqarolarni şilişga asoslangan firibgarlikdir, deb yozmoqda “Huquq” naşri.
Boş prokuratura vakili Alimardon Ahmadovga köra, pul mablağlarini jalb qiliş jarayonida avvalgi böğin uçun va'da qilingan “oson pullar” keyingi böğin iştirokçilarining pul mablağlari hisobiga tölanadi. “Uşbu firibgarlik har qanday körinişlarida ham tez tugaşi va özining yagona oqibati sifatida ming-minglab, hatto millionlab aldangan fuqarolarning kasodini keltirib çiqarişi tayin. Statistik ma'lumotlarga köra, uşbu vositaga pul tikkan fuqarolarning 5-10 foizigina öz mablağini qaytarib olişi mumkin, bu ham har doim emas”, deb yozadi A. Ahmadov.
Eslatib ötamiz, 2016 yil 23 sentabrdagi qonun bilan Özbekiston Jinoyat kodeksiga “Pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat” deb nomlangan 188/1-modda kiritildi. Bunga muvofiq, moliyaviy piramidada ayblangan şaxs yoki guruhlar 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.












