Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Gruziyaga rasmiy tashrif bilan keldi
Foto: © Press-slujba prezidenta KR
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Gruziyaga rasmiy tashrif bilan keldi, deb ma'lum qildi 12 oktabrda uning matbuot xizmati.
"Atambayev bugun, 12 oktabrda Gruziyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Mamlakat rahbari tashrif vaqtida Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili bilan muzokaralar o‘tkazadi", deyildi xabarda.
Atambayev matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ikki davlat yetakchilari uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsion va gumanitar sohalarda hamkorlikni oshirishni muhokama qilishadi. Shuningdek, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Gruziya prezidentining tashqi aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Tengiz Pxaladze Atambayevning Gruziyaga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlik nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega ekanligini aytgan.
Avvalroq Atambayev 12-13 oktabrda Gruziyaga, so‘ngra 13-14 oktabrda Armanistonga amaliy tashrif bilan kelishi ma'lum qilingandi. Atambayev Armanistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
23:08 / 03.01.2026