Sport | 00:23 / 12.10.2016
19292
2 daqiqa o‘qiladi

Tribuna.uz o‘quvchilari Xitoyga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Tribuna.uz O‘zbekiston va Xitoy uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Mazkur so‘rovnomada ko‘plab o‘quvchilar ishtirok etishdi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun o‘z ovozlarini berishdi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov eng ko‘p ovozga ega bo‘ldi. U so‘rovnomada umumiy ovoz beruvchilarning 69 foiziga ega bo‘ldi. Xitoyga qarshi o‘yinda Ahmedov jarohati bo‘lishiga qaramay, maydonda juda faol o‘yin ko‘rsatdi. Raqib hujumlarini buzishda faol qatnashdi. Qolaversa, bir nechta golli imkoniyatlarni yaratib berdi. Umuman olganda, sardorlarga xos o‘yini bilan maydonda qolgan sheriklaridan ajralib turdi. 

Ikkinchi o‘rinni esa tinib-tinchimas Vitaliy Denisov egalladi. U umumiy ovozlarning 16 foiziga ega bo‘ldi. O‘z qanotida doimgidek bexato o‘ynadi. Shuningdek, bir vaziyatda olis masofadan gol urishi ham mumkin edi. Uning yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 

Birinchi golga assistentlik vazifasini bajargan va ko‘plab vaziyatlarda maydonda boshqalardan ajralib turgan Eldor Shomurodov 7 foiz ovozga ega bo‘ldi. Birinchi gol muallifi Marat Bikmayev va Server Jyeparovlar 3 foizdan ovozga ega chiqishdi. Azizbek Haydarov esa 2 foiz ovozga ega bo‘ldi.  
 

Manba: tribuna.uz

 

 

Mavzuga oid