17:18 / 12.10.2016
23030

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida 300 mingdan ortiq eksponat saqlanayotgani ma'lum qilindi

Foto: UzA

O‘zbekistonda sakkiz mingdan ortiq madaniy meros obekti davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbek xalqining boy tarixidan dalolat beruvchi ushbu arxeologik va me'moriy yodgorliklar, san'at asarlari, diqqatga sazovor joylarning har biri o‘ziga xos tarixga ega. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yurtimiz tarixi va buguni jo bo‘lgan ana shunday ma'rifat o‘chog‘idir. Ushbu muzeyni mamlakatdagi eng yirik ma'naviyat va ma'rifat maskanlaridan biri, deb aytish mumkin. Uning zaxirasida 300 mingdan ortiq bebaho osori-atiqa, arxeologiya, numizmatika, etnografiya, tasviriy san'at namunalari va hujjatlar saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 apreldagi qaroriga muvofiq mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan bu maskanga 1994 yili davlat muzeyi maqomi berildi. Muzeyda 250 mingdan ortiq eksponat jamlangan. Shundan 60 mingtasi arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 minggi etnografiyaga doir. Muzeyda 100 mingga yaqin arxiv hujjati, kitoblar saqlanadi.

Muzey kolleksiyalari asosida yaratilgan elektron ma'lumotlar muzey eksponatlari bilan tanishish, muzey ekspozitsiyasi, ko‘rgazmalar faoliyatini rivojlantirish, muzey fondidagi ashyolar haqidagi ma'lumotlardan foydalanish imkonini beradi.

XVIII – XIX asrlarda hunarmandlikning yuksak darajada rivojlanganligi ekspozitsiyadagi sopol, kandakorlik mahsulotlari,  baxmallar, adraslar va zardo‘zlik san'ati namunalarida o‘z aksini topgan. 

Top