12:55 / 12.10.2016
4093

O‘zbekiston TIVda IHT va BMT doirasidagi O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi

2016 yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kuvayt Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyranni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar Vazirligi saytida ma'lum qilindi. 

Muloqot davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi, jumladan Islom hamkorlik tashkiloti, BMT va boshqa xalqaro tuzulmalar doirasidagi O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Kuvayt vakillarining o‘zaro tashriflari jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Kuvayt nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.

 

Top