09:17 / 12.10.2016
9861

JCh-2018 saralash bosqichi. Argentina Paragvayga mag‘lub bo‘ldi, Braziliya Venesuelani yengdi va boshqa natijalar

Foto: Twitter/FIFA World Cup

Bugun, 12 oktabr kuni Janubiy Amerikada 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ularda Argentina terma jamoasi o‘z uyida Paragvayga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Braziliya safarda Venesuela ustidan g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylanib oldi. Chili o‘zi maydonida Peruni qabul qilib, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Shuningdek, Boliviya Ekvador bilan, Kolumbiya esa Urugvay bilan durang qayd etdi.

Janubiy Amerika. JCh-2018 saralash bosqichi, 10-tur

Boliviya – Ekvador 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar:
1:0 – 3 Eskobar, 2:0 – 43 Eskobar, 2:1 – 47 Valensiya, 2:2 – 89 Valensiya.
Ogohlantirishlar: Mina (27), Ramalo (45), Kaysedo (63), Flores (68), Moreno (84), Valensiya(84), Arse (85), Ramires (90), Saavedra (90).
Chetlatish: Kaysedo (79).

Kolumbiya – Urugvay 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar:
1:0 – 15 Agilyar, 1:1 – 27 Rodriges, 1:2 – 73 Suares, 2:2 – 84 Mina.
Ogohlantirishlar: Kavani (21), Dias (26), Pereyra (54), Vesino (77), Muslera (80), Kuadrado(82).

Chili – Peru 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 10 Vidal, 1:1 – 76 Flores, 2:1 – 85 Vidal.
Ogohlantirishlar: Kastilo (30), Lobaton (33).

Argentina – Paragvay 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 – 18 Gonsales.
Ogohlantirishlar: da Silva (46), Aguero (48), Roxo (89).

Venesuela – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 8 Gabriel Jyezus, 0:2 – 53 Villian.
Ogohlantirishlar: Velaskes (26), Anxel (39), Paulino (73), Errera (85).

Top