21:03 / 13.10.2016
9332

2016 yilda namunaviy loyihalar asosida qurilgan 12 mingdan ortiq shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi

Foto: O‘zA

2016 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida O‘zbekistonning yangi qishloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar bo‘yicha 12 mingtadan ortiq shinam va qulay shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda 13 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini, 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijadorligini muhokama qilishga bag‘ishlangan majlisida ma'lumot berildi.

Aholining daromadlari, turmush darajasi va sifatini uzluksiz oshirish yo‘nalishi davom ettirildi. O‘tgan 9 oyda o‘rtacha oylik ish haqi 12,6 foizga oshgan, joriy yil 1 oktabrdan esa byudjyet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar yana 15 foizga oshirildi. Yangi qishloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar bo‘yicha 12 mingtadan ortiq shinam va qulay shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, sog‘liqni saqlash tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 6,8 trillion so‘mdan ortiq va 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirildi.

Top