Sport | 08:17 / 13.10.2016
7067
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik bokschi Fyuri chempionlik kamarlaridan voz kechishga qaror qildi

Foto: boxingscene.com

Britaniyalik o‘ta og‘ir vazn toifasidagi bokschi Tayson Fyuri WBO va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni unvonlaridan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishga qaror qildi. Yaqin orada bokschi o‘z e'tiborini tiklanish va davolanishga qaratadi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

"Hozir men Klichkoga qarshi jangga o‘xshash navbatdagi hayot sinoviga duch kelmoqdaman. Men albatta kurashaman", deb aytdi Fyuri.

Avvalroq WBO agar bokschi 10 kun ichida uni janglar o‘tkazmayotgani, shartnomani buzgani va taqiqlangan vositalar qabul qilgani uchun nimaga chempionlik kamaridan mahrum qilmaslik borasida javob bermasa, chempionlik unvonini olib qo‘yishidan ogohlantirgan. O‘z navbatida Taysonning murabbiyi Piter Fyuri bokschi agar ringga qaytgach unvonlar uchun jang qilishga unga yana imkon berilsa, unvonlardan mahrum bo‘lishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Avvalroq Fyuri kokain qabul qilishda ushlangandi. Bokschining o‘zi buni rad etmagan.

 

Mavzuga oid