14:15 / 13.10.2016
4258

«Liverpul» yosh futbolchilarning katta shartnomalar tufayli futbolni unutishiga qarshi kurashmoqchi

Foto: Telegraph

«Liverpul» rahbariyati klub akademiyasidagi yosh futbolchilar uchun muayyan miqdordagi maoshlarni belgilab qo‘ymoqchi.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchilarning yillik maoshi miqdori 40 ming funtdan baland bo‘lmaydi. Shu bilan birgalikda, shartnomalar bonuslarni o‘z ichiga oladi. Xususan, «Liverpul» U-23 tarkibida o‘tkazilgan o‘yinlar, birinchi jamoaga ko‘tarilish yoki quyi divizionlardan biridagi jamoaga ijaraga ketish evaziga qo‘shimcha mablag‘lar to‘lanadi.

APL rahbariyatining ma'qullashi evaziga shunday tajriba «Sauthempton» va «Tottenhem» jamoalari tomonidan qo‘llanilgan.

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «qizillar» jamoasi akademiyasining bu tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. U buni turli yosh guruhlaridagi jamoalarda yoshlar bilan ishlash sifatini oshirishiga umid bildirgan.

Mavzuga oid
Top