21:26 / 13.10.2016
15320

O‘zbekiston 2016 yilda Rossiyaga 260 mln dollarlik yengil sanoat mahsuloti yetkazib berdi

O‘zbekiston 2016 yilning dastlabki 7 oyida Rossiyaga 260 mln dollarlik yengil sanoat mahsuloti yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda uzdaily.uz nashri. 

Viktor Yevtuxov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.

Rossiya delegatsiyasi tashrif vaqtida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari va moliya vaziri Rustam Azimov bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik va kooperatsiya imkoniyatini, jumladan paxtani qayta ishlash sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.  

Yevtuxov O‘zbekiston Rossiyaning strategik hamkori hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga yengil sanoati mahsulotlari yetkazib berilish hajmi 2016 yilning 7 oyida 2015 yilga nisbatan o‘rtacha 24,3 foizga oshib, 260 mln dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.  

Yevtuxovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston Rossiyaga paxtadan tayyorlangan ip yetkazib berish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.  

 

Top