17:15 / 14.10.2016
5780

APLda sentabr oyining eng yaxshilari taqdirlandi

Angliya premer-ligasida odatga ko‘ra o‘tgan oyning eng yaxshilari taqdirlandi. «Liverpul» jamoasining 2 vakili, bosh murabbiy Yurgen Klopp eng yaxshi murabbiy sifatida, jamoa sardori Jordan Henderson esa eng chiroyli gol muallifi sifatida mukofotlandi, shuningdek, Adam Lallana oyning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar qatoridan joy oldi.

O‘tgan oyda «qizillar» jamoasi «Lester» (4:1), «Chelsi» (2:1) va «Hall» (5:1) klublariga qarshi muvaffaqiyatli o‘yinlar o‘tkazdi. Jamoa 7 turdan keyin 16 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Qayd etish kerakki, Klopp bunday sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi nemis murabbiyi bo‘ldi. Unga bu borada Hosep Gvardiola, Arsen Venger, Pochettino hamda Pardyu kabi mutaxassislar raqobat qilgandi.

«Tottenhem» hujumchisi Son Xyon Min APLning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Janubiy koreyalik futbolchi o‘tgan oyda o‘tkazilgan 3ta o‘yinda 4ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

24 yoshli hujumchi bunday sovringa ega bo‘lgan birinchi osiyolik futbolchiga aylandi. Unga Kevin de Bryuyne, Adam Lallana, Teo Uolkott va Lukaku kabi futbolchilar raqobatchilik qilgandi.

Hendersonning «Chelsi» ga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda urgan goli: 

Top