19:45 / 14.10.2016
7820

Do‘konga tashrif buyurgan britaniyalik bir necha soniya ichida to‘rtta televizorni sindirdi

Sent-Ostell shahridagi (Britaniyaning Kornuoll grafligi) do‘konlardan biriga tashrif buyurgan erkak xaridor tasodif tufayli bir necha soniya ichida to‘rtta plazma telivezorini sindirdi. Voqea videokuzatuv kameralarida qayd etilgan, deb yozmoqda The Press and Journal.

Videoda ravshan bo‘lishicha, erkak ikki qator qilib qo‘yilgan televizorlarni ko‘rish uchun tizzalab oladi. Shunda u muvozanatini yo‘qotadi va televizorlarga teginib ketadi: ikkita televizor qulaydi. Xaridor o‘zini o‘nglab olmoqchi bo‘ladi va ortidagi yana ikkita televizorni qulatib yuboradi.
Erkak extiyotsizligi oqibatida 5 ming funtga tushgani ma'lum qilingan.

 

Top