FIFA JCh-2018 saralashi doirasida Kot-d’Ivuar - Mali (3:1) uchrashuvida mezbonlar himoyachisi Serj Orening harakatlarini tekshiradi.
Futbolchi raqib darvozasiga gol urganidan so‘ng, o‘ziga xos ishorani ko‘rsatdi - u golini qo‘lni tomog‘idan o‘tkazib nishonladi.
Bu vaziyat FIFA tashkilotining tartib-intizom qo‘mitasi nazaridan chetda qolmagan. Endi doim muammolar girdobida yuradigan PSJ futbolchisining xatti-harakati yuzasidan surishtiruv o‘tkaziladi.











