19:22 / 14.10.2016
3911

«Metts»ning lyuksemburglik yosh hujumchisi Yevropa grandlari nazariga tushdi

Myunxenning «Bavariya» va Madridning «Real» jamoalari tomonidan Fransiya oliy divizioni ishtirokchisi bo‘lmish «Metts» jamoasining 16 yoshli hujumchisi Vensan Tillga qiziqish paydo bo‘lgan. Bu haqda futbolchining agenti Dide Filipp xabar berdi.

«Tillning xizmatlariga nafaqat «Real» va «Bavariya», Yevropaning boshqa grand jamoalari ham qiziqish bildirmoqda», — deya Filippning so‘zlarini keltirgan Footmercato.

Germaniya grandi ushbu futbolchiga u hali tilga tushmasidanoq qiziqish bildirgan. Shu yilning bahorida uning otasi o‘ziga «Bavariya» vakillari qo‘ng‘iroq qilganida o‘zini qo‘yarga joy topa olmay qolgani haqida aytib o‘tgandi.

Joriy mavsumda Till Fransiya chempionati uchrashuvlaridan birida maydonga tushib, kuchli beshlik jamoasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top