15:53 / 14.10.2016
7864

Tarmoq foydalanuvchilari Tailandning bo‘lajak qirolini Timatiga qiyoslashmoqda

Foto: Reuters

Tarmoqlarda Pxumipon Adulyadetdan so‘ng taxtga o‘tiruvchi Tailandning 63 yoshli bo‘lajak qiroli Maxa Vachiralongkornning ustidan mazax qilishmoqda.

Foydalanuvchilar internetda iyul oyining o‘rtalarida paydo bo‘lgan suratlarni yodga olishmoqda. Bu suratlarda bo‘lajak qirol — yarim yalang‘och holatda, qo‘llarida esa pudel bilan  — Myunxen aeroportida «Boing-737» trapidan tushib kelgani tasvirlangandi.

«Pxumipon Adulyadet o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Maxa Vachiralongkorn Tailand qiroliga aylanadi. U mayka va qo‘lida pudelli mana shu yigit», — dedi Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Shuningdek, ba'zilar taxt vorisining ko‘plab  tatuirovkalari borligi tufayli uni rossiyalik biznesmen va rep-xonanda Timatiga qiyoslashmoqda.

«Tailandning yangi qiroli xuddi Timatiga o‘xshaydi», — deydi PutenRiot nikli foydalanuvchi.

Mavzuga oid
Top