10:03 / 15.10.2016
20364

15 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

14 oktabr tuni va 15 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Samarqandda tungi klublar bo‘yicha o‘tkazilgan reydda 200 ga yaqin odam ushlandi

Samarqandda tungli klublar bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Reyd natijalariga ko‘ra 200 ga yaqin odam ushlandi.

Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini kiritish bo‘yicha tashabbus bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritish haqida qonunchilik tashabbusini bildirdi.

Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Tailand Qirolligi xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Tailand Qirolichasi Momrachavongsa Sirikat Kitiyakaraga atoqli davlat arbobi, millat rahbari Tailand Qiroli Pumipon Adulyadetning vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

Batafsil.

Toshkentda 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari yig‘iladi

2016 yilning 14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi milliy va xorijiy OAV vakillari uchun 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi.

Batafsil.

AQSh aviakompaniyalari samolyotlarida antiqa qutilar paydo bo‘ldi

AQShning uchta aviakompaniyasi samolyotlari bortida elektron qurilmalarning yonib ketishi holati uchun maxsus qutilar joylashtira boshlandi.

Batafsil.

Alisher Usmonov O‘zbekistonning yangi rahbariyatiga aloqasi borligini inkor etdi

Alisher Usmonovning matbuot xizmati milliarderning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga ta'sir o‘tkazishi haqidagi ma'lumotlarni inkor qildi.

Batafsil.

Isroil YuNeSKO bilan aloqalarni uzdi

Isroilning YuNeSKO ishlari bo‘yicha komissiyasi Isroil rahbariyati tomonidan yahudiy xalqining Quddus va uning muqaddas joylari bilan aloqasi borligining inkor etilishi sifatida qabul qilingan rezolyutsiyaga norozilik sifatida YuNeSKO bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Batafsil.

United Airlines butun dunyo bo‘ylab parvozlarini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi

United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlarining butun dunyo bo‘ylab parvozlarini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.

Batafsil.

AQShda bir yoshlik siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratildi

Nyu-Yorkning Bronks klinikasi jarrohlari boshi bilan chatishib ketgan siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratishdi.

Batafsil.

Dayver qafas ichida akula bilan yakkama-yakka qoldi

Meksikaning Guadalupe oroli sohillari yaqinida katta oq akula ichida dayver bo‘lgan qafasni sindirib, uning ichiga yorib kirdi.

Batafsil.

Video: yashirin ma'noga ega bo‘lgan 17 ta logotip

Korporativ logotiplar uzoq yillar davomida kompaniyalar ramzi bo‘lib keladi. Shunday bo‘ladiki, vaqt o‘tishi bilan bu logotipning asl ma'nosi yo‘qoladi. Ba'zi kompaniyalar o‘z ramzlariga biz ularga e'tiborliroq qarashimiz uchun yashirin ma'no beradilar.

Batafsil.

Video: Xiaomi egiluvchi smartfon ishlab chiqaradi

Internetda ham yassi, ham egilgan ekranda ishlovchi, yangi interfeysli MIUI 8 smartfoni videosi chop etildi.

Batafsil.

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati Yevropa va Osiyodan tashqarida o‘tkaziladigan bo‘ldi

FIFAning Tsyurixda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun arizalarni qabul qilish tamoyili ma'qullandi.

Batafsil.

FIFA yil oxirigacha JCh ishtirokchilari soni qancha bo‘lishini belgilab oladi

FIFA 2026 yilgi mundial ishtirokchilari sonini 40 yoki 48taga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Batafsil.

Top