«Adolat» SDPdan O‘zbekiston Prezidentligiga Narimon Umarov nomzodi tasdiqlandi

15 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP)ning VIII qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Qurultoyda O‘zbekiston partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi va uning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
195 nafar delegat ishtirok etgan qurultoyda partiya siyosiy kengashining 17 sentabrida bo‘lib o‘tgan plenumi qaroriga muvofiq, kengash raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Narimon Umarovni O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surish masalasi muhokama qilindi.
Delegatlar partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi N.Umarov yetarli hayotiy tajribaga ega ekani, safdoshlari orasida obro‘-e'tibor qozonganini inobatga olgan holda bo‘lajak saylovda ishtirok etish uchun munosib nomzod ekanini qayd etdi.
Delegatlar «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunning 24 va 242-moddalariga muvofiq, «Adolat» SDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Narimon Majitovich Umarovni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.
Shundan so‘ng qurultoy qatnashchilari nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishdi. Ular tomonidan ma'qullangan dastur partiyaning markaziy va quyi bo‘linmalariga saylovoldi targ‘iboti o‘tkazishda foydalanish uchun tavsiya etildi.
Qurultoy yakunida delegatlar «Adolat» SDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni ro‘yxatga olishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti saylovi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bungacha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga Hotamjon Ketmonov nomzodi tasdiqlangan edi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

08:55 / 19.08.2024
Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘ladi

13:13 / 20.01.2024
Robaxon Mahmudova «Adolat» partiyasi raisi etib saylandi

20:57 / 19.11.2021
“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qayerda? - Senatorlar o‘zlari 5 oy oldin ma'qullagan qonunni eslolmayapti

12:01 / 31.07.2021