Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL, 8-tur. «Manchester Siti» va «Tottenhem» ochko yo‘qotdi, «Arsenal» safarda g‘alabaga erishdi

Foto: eurosport.com
Angliya premer-ligasi 8-turida 6ta uchrashuv o‘tkazildi.
Dastlabki o‘yinda «Chelsi» o‘tgan mavsum chempioni «Lester»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
«Manchester Siti» «Everton»ni qabul qildi va ochko yo‘qotdi. O‘yinda hisobni mehmonlar hujumchisi Romeu Lukaku ochdi. Mezbonlar ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi, lekin ikki safar ham, avval Kevin de Bryuyne bergan zarba, ikkinchi bo‘limda Aguero tepgan to‘p niderlandiyalik darvozabon Stekelenburg tomonidan qaytarildi. Gvardiola jamoasining javob goli 72-daqiqada Nolito tomonidan urildi.
"Shaharliklar" g‘alaba qozona olmagan bo‘lsada, 19 ochkosi bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘rinni saqlab qoldi (19-8).
«Arsenal» «Suonsi Siti» maydoniga safar qildi va 70-daqiqada Chaka maydondan chetlatishi tufayli 10 kishi bo‘lib qolganiga qaramasdan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
«Kanonirlar» safida Uolkott dublga erishdi, shuningdek bugun 28 yoshga chiqqan Mesut O‘zil g‘alabani hal qilgan uchinchi gol muallifi bo‘ldi. Mezbonlar safida esa Sigurdsson hamda Baston bittadan gol urgan.
Endilikda Arsen Venger shogirdlari 19 ochko to‘plagan holda peshqadam «Manchester Siti» bilan bir xil ochko to‘plab, to‘plar nisbatiga ko‘ra (19-9) ikkinchi o‘ringa joylashdi.
7 turdan keyin ikkinchi o‘rinda joylashib turgan Londonning «Tottenhem» jamoasi «Vest Bromvich» maydoniga safar qildi va o‘yin oxirida urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
«Shporlar»ning sobiq futbolchisi Nosir Shodli o‘yinda hisobni ochdi, 89-daqiqada esa Dele Alli jamoasiga bir ochko olib keluvchi golni urdi.
Shu tariqa, Pochettino shogirdlari bu ochko yo‘qotilishidan keyin 18 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushdi. «Vest Bromvich» esa 10 ochko bilan 10-o‘ringa joylashgan.
Tur doirasidagi uchrashuvlardan birida yirik hisob qayd etildi. «Bornmut» debyutant «Hall Siti» darvozasiga 6ta gol urdi (6:1), «Stok Siti» esa «Sanderlend»ni 2:0 hisobida yengdi.
Manchester Siti – Everton 1:1
Gollar: 0:1 – 64 Lukaku, 1:1 – 72 Nolito.
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Otamendi, Klishi, de Bryuyne, Fernandino, Silva, Sane (Nolito, 71), Gyundogan, Sterling, Ixeanacho (Aguero, 56).
Everton – Stekelenburg, Jagelka, Ovedo, Koulmen, Uilyams, Kleverli, Guyye, Bolazi (Miralyas, 84), Berri, Deulofeu (Makkarti, 57), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Koulmen (81), Uilyams (85).
Arsenal – Suonsi 3:2
Gollar: 1:0 – 26 Uolkott, 2:0 – 33 Uolkott, 2:1 – 38 Sigurdsson, 3:1 – 57 Ozil, 3:2 – 66 Baston.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott, Kasorla, Sanches (Oksleyd-Chemberlen, 82), Ozil (Gibbs, 83), Ivobi (Koklen, 68), Chaka.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Teylor, Noton, Amat, Sigurdsson, Kork (Ki Son Yen, 71), Rautledj, Fer, Barrou (Ranxel, 83), Britton (Baston, 60).
Ogohlantirish: Teylor (48).
Chetlatish: Chaka (70).
Vest Bromvich – Tottenhem 1:1
Gollar: 1:0 – 82 Shadli, 1:1 – 89 Alli.
Vest Bromvich – Foster, Douson, Evans, Nom, Makoli, Fletcher, Yakob, Shadli, Fillips (Brant, 69), Makkleyn, Rondon.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld (Dayyer, 60), Devis, Uoker, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Alli, Sissoko (Dembele, 65), Lamela (Son Xyn Min, 72), Yanssen.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (44), Vertongen (54), Dembele (86), Evans (90).
Stok Siti – Sanderlend 2:0
Gollar: 1:0 – 8 Allen, 2:0 – 45 Allen.
Stok Siti – Grant, Martins Indi, Kemeron, Piters, Shoukross, Allen (Munesa, 75), Shakiri, Arnautovich, Uelan, Bardsli (Adam, 65), Boni (Uolters, 76).
Sanderlend – Pikford, Jilobodji, O′Shi, van Anxolt (Djons, 40), Makneyr (Piyenar, 55), Ndong, Roduell (Anichebe, 81), Xazri, Uotmor, Mankilo, Defo.
Ogohlantirishlar: Arnautovich (55).
Bornmut – Hall 6:1
Gollar: 1:0 – 5 Deniels, 1:1 – 34 Meyson, 2:1 – 41 Kuk, 3:1 – 45, penalti Stanislas, 4:1 – 65 Stanislas, 5:1 – 83 Uilson, 6:1 - 88 Gossling
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Uilsher (Gosling, 79), Serman, Arter, Stanislas, Ayb (King, 62), Uilson.
Hall – Marshall, Devis, Maguayr, Robertson (Diomande, 63), Al-Muxammadi, Klukas, Livermor, Snodgrass, Meyson (Meyler, 78), Melouni (Xaddlstoun, 55), Kin.
Ogohlantirishlar: Klukas (19), Snodgrass (44), Robertson (59).
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

02:17 / 08.05.2025