«Milliy tiklanish» partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga Sarvar Otamuratov nomzodi tasdiqlandi

Foto: mt.uz
Toshkentda 15 oktabr kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining navbatdagi s'yezdi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Unda partiya Ustaviga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlari konferensiyalarida saylangan delegatlar, partiya Markaziy Kengashi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a'zolari ishtirok etdi.
S'yezdda 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga partiya nomzodini ilgari surish masalasi ko‘rib chiqildi.
Delegatlar partiya Markaziy kengashi VII plenumida tavsiya etilgan nomzod — kengash raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sarvar Sadullayevich Otamuratovni O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib tasdiqladi.
Nomzod delegatlarni o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Delegatlar mazkur dastur yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, s'yezdda kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Saylov kampaniyasini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish yuzasidan qator vazifalar belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zXDPdan Hotamjon Ketmonov, «Adolat» SDPdan Narimon Umarov O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi
Jahon | 19:29
-
Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi
Jahon | 19:01
-
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi
O‘zbekiston | 18:54
-
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi
Jahon | 18:51
Mavzuga oid

16:11 / 16.07.2020
«Virus butun dunyoda tibbiyot imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarmoqda» - «Milliy tiklanish» raisi o‘rinbosari shifokorlarni ayblamaslikka chaqirdi

13:10 / 14.05.2020
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi: Erkin iqtisodiy zonalar uchun alohida agentlik tashkil etish lozim

20:50 / 07.01.2020
Alisher Qodirov: Saylovchilar ongini ham o‘zgartirishimiz kerak

18:00 / 23.12.2019