17:01 / 15.10.2016
16698

Syao Vey - 5 ming g‘ishtni tashishga qodir internet yulduzi

Foto: China.org

Internetda u "Syao Vey - g‘isht tashuvchi" nomi bilan mashhur. Ijtimoiy tarmoqlarda uning millionlab fanatlari bor. U - 90-yillar avlodiga mansub Shi Shenvey. China.org.cn'da shu yigit haqda ma'lumot berildi.

Syao Vey - Dachji shahri (Xubey provinsiyasi) yaqinidagi Lun Tszyao qishlog‘idan. U qurilishda ishlaydi, g‘isht tashiydi - har kuni ertalabdan kechgacha 3-5 ming dona g‘ishtni tashishiga to‘g‘ri keladi. Yigit internetga qattiq bog‘lanib qolgani bois hattoki o‘rta maktabdagi o‘qishini ham tashlab qo‘ygan. Bo‘sh vaqtida fitnes bilan shug‘ullangani uning hayotini o‘zgartirib yubordi. 

Syao Vey birinchi video veb-nashridan keyinoq internetda mashhur bo‘lib ketdi. Folloverlari soni oshgani sari, u buning ortidan pul ishlay boshladi. Hozir u ancha mahoratli - murakkab usullar va harakatlarning bemalol uddasidan chiqadi. 

"Erkak kishi ikki sifatga ega bo‘lishi kerak: maqsadga intilish va tishini tishiga qo‘yib chidash", - deydi internet yulduzi. 

Top