WikiLeaks Trampni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan demokratlar maktublarini chop etdi
WikiLeaks portali AQSh Demokratik partiyasi a'zolarining AQSh prezidenti lavozimiga respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp firmasida ayollarni kamsituvchi lavozimlar ochilgani haqida mish-mish tarqatish istagi bildirilgan maktublarini chop etdi. Maktublarga 2016 yil 18 may sanasi qo‘yilgan. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
O‘ylab topilgan lavozimlarga berilgan ta'rifda ishga kiruvchi ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lishi, o‘z qomatiga qarab yurishi va agar vazn to‘plasa, haqoratlarga tayyor bo‘lishi, agar u Trampga juda qari bo‘lib tuyulsa, o‘z yoshi haqida yolg‘on gapirishga tayyor bo‘lishi kerakligi aytilgan.
Ishga berilgan ta'rifda, shuningdek, emizikli bolalari bor ayollar nomzodlari inobatga olinmasligi, chunki "xo‘jayin bunday ayollar o‘z e'tiborlarini "o‘z bolalariga haddan tashqari ko‘p qaratgan bo‘lishlaridan" xavotirlanishi aytilgan.
Bu talablardan tashqari, ayol Tramp uni bo‘sa bilan qarshilashiga tayyor bo‘lishi kerakligi aytilgan.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
08:52 / 25.06.2024
WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi
08:15 / 10.06.2023