Sport | 02:25 / 16.10.2016
6817
1 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. "Yuventus" Paulo Dibalaning dubli evaziga "Udineze"ni mag‘lub qildi

Foto: Twitter/ESPNFC

Italiya A Seriyasining 8-turida "Yuventus" jiddiy qarshilikga duch keldi. Turinliklar o‘z maydonlarida "Udineze"ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvda dastlab mehmonlar hisobni ochishdi. Bunga esa "Yuve" safida Paulo Dibala ikki bor javob qaytarishga erishdi. Shunday qilib, "Yuventus" qiyin kechgan bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Yuventus – Udineze 2:1 (1:1)
Gollar
: 0:1 – 30 Yankto, 1:1 – 43 Dibala, 2:1 – 51, penalti Dibala. 
Yuventus – Buffon, Benatiya (Bonuchchi, 70), Bardzali, Evra, Aleks Sandro, Lemina, Ernanes, Kuadrado, Lixtshtayner, Manjukich (Higuain, 66), Dibala (Sturaro, 82).
Udineze – Karnezis, Larangeyra, Samir (Adnan, 46), Vage, Felipe, Yankto (Erto, 75), Kums, de Paul (Peritsa, 55), Fofana, Tereo, Sapata.
Ogohlantirishlar: Vage (45), Peritsa (59), Ernanes (66).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid