Litva Sog‘liqni saqlash vaziri Yuras Pojyela 34 yoshida olamdan o‘tdi. Uning o‘limiga pankreatit - me'da osti bezi yallig‘lanishi sabab bo‘lgan. Bu haqda Sotsial-demokratik partiya vakili, Seym vitse-spikeri Algirdas Sisas ma'lum qilgan.
«Qayg‘u bilan o‘z safdoshim o‘limi haqida ma'lum qilaman. Uni xastalik oramizdan olib ketdi», — degan u. Pojyela Litva hukumatidagi partiya yetakchilaridan biri edi.
Marhum 17 avgust avgust kuni shifoxonaga yotqizilgandi. Uning holati keyingi oyda og‘irlashdi. Shifokorlar yakunda uning hayotini saqlab qola olishmadi.
Xasta bo‘lishiga qaramasdan uning nomi partiyaning 9 oktabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlari birinchi turiga taqdim etgan ro‘yxatida qayd etilgandi.









