11:11 / 16.10.2016
22816

Times: IShIDning o‘nlab yetakchilari to‘ntarish qilmoqchi bo‘lgani uchun o‘ldirildi

Foto: RIA

Mo‘sulda IShIDning o‘nlab qo‘mondonlari to‘ntarishga uringani uchun o‘ldirilgan. The Times nashri xabariga ko‘ra, ular Iroq hukumatiga shahar darvozalarini ochib berishni niyat qilganlikda ayblanib, qatl etilgan.

Iroq hukumatidagi rasmiy manbaning tasdiqlanishicha, o‘tgan haftada iroqliklar bilan kelishganlardan birining telefonidagi xabar aniqlanishi ortidan 54 kishi qatl etilgan. Xabarda jihodchilarning taslim bo‘lishi bo‘yicha kelishuv ifodalangandi.

"IShID ichki to‘ntarish yuz berishining oldini oldi va barcha xiyonatkorlar qatl etildi", degan nashrga Iroq shimolidagi Nineviya viloyati rahbariyati a'zosi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilganlarning aksari tashkilotda yuqori lavozimlarda edi.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra esa 58 kishi qatl qilingan. Agentlik xabarida aytilishicha, tashkilot rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning eng yaqin yordamchilaridan biri Mo‘sulni Iroq hukumatiga topshirmoqchi bo‘lgandi.

Kelishuvga ko‘ra, jangarilarning asosiy qismini o‘z pozitsiyalaridan olib, mudofaani kuchsizlantirish hamda Iroq va koalitsiya shaharni oson egallashini ta'minlashdan iborat bo‘lgan.

Mo‘sulni ozod etish Iroq hukumatining asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Shahar 2014 yilning iyunidan buyon IShID nazoratida va bu shahar tashkilotning Iroq hududidagi poytaxti sanaladi.

Top