Jamiyat | 22:38 / 17.10.2016
9840
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya osmonida kam uchraydigan hodisa - oyli kamalak

Foto: BEN GWYNNE

Ben Gvinn Shimoliy Yorkshirning  Skipton shahridagi biyobon ustidan tushgan oyni soat 19:40 atrofida suratga oldi. 

Oyning nam va zich qatlamlarida quyosh nuri emas, balki kuchli oy yorug‘ligi sinayotgan mahal ajoyib kamalak yer atmosferasida paydo bo‘ladi.

Yakshanba kuni bunday hodisa butun Angliyada kuzatildi. Bu yerda bunday kamalakli oy "ov" yoki "qonli" deb nomlashadi.

Ben Gvinn shahar bo‘ylab sayr qilishga chiqadi va ufqdan ko‘tarilgan noodatiy yorqin oyga e'tibor qaratadi.

Oyli kamalak havoda ko‘plab namliklar bo‘lgan mahal shiddatli yomg‘irdan so‘ng yoki  toshqin hududlarida kuzatiladi. 

Bir qarashda bunday kamalaklarda rangli spektrlarni ajratib olish juda qiyin bo‘ladi, biroq sekinlashtirib olinuvchi fotosuratlarda ular aniq ko‘rinadi.

National Geographic jurnalining yozishicha, mazkur to‘lin oy yaqin oydagi shu kabi uch to‘lishishlarning birinchisiga aylanadi. 

14 noyabr kuni navbatdagi to‘lin oy  XXI asr yuz yilligida osmondagi eng katta ko‘rinuvchi oy kamalagining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.


Foto: REUTERS

Foto: WEATHER WATCHERS
Foto: PA

Mavzuga oid